GANCH O’YMAKORLIGI
GANCH O’YMAKORLIGI — o’ymakorlik turi; amaliy san’atning keng tarqalgan sohasi. Ganchga o’yma naqsh va tasvir ishlashning qulayligi g. o’.ning rivojlanishiga olib keldi. Ganch qorishmasi yangiligida oson kesiladi, bu undan shakllar o’yish, yasash imkoni- ni beradi, lekin qotgandan so’ng u toshga o’xshab qoladi. G.o’.da naqshlar maxsus me- Tall keskichlar vositasida tekis (2— 3 mm) va chuqur (2-3 sm) o’yib solinadi, o’yilgan naqsh yuzi rangli va rangsiz gul- ganch b-n pardozlanadi. Pardoz turlari- dan chok pardoz, pax pardoz, lo’la pardoz, Shabaqa pardozlar keng qo’llaniladi. Naqsh mujassamotini an’anaviy o’simliksimon (islimiy) va handasiy (girix) naqshlar tashkil etadi. G. o’. ja- moat binolari, turar joylarni bezatish- da keng qo’llaniladi. Jumladan taxmon, tokcha, javonlar o’yma naqshlar b-n, ular- niig yuqori devor b-n Shift tutashgan joylari sharafalar b-n bezatiladi, atroflari ensiz zanjira b-n o’raladi. O’rta Osiyo hududida 1-a.dan ganch- ga o’yma naqsh ishlangan. Xorazmdagi Tuproqqal’a, Buxorodagi hukmdorlar sa-roylari va b. joylardagi arxeolo- gik qazishlar jarayonida g. o’. namuna- lari topilgan. Kad. qal’a shaharlar binolari bezagida va ilk o’rta asrlar yodgorliklarida o’yib, bo’yab, bo’rttirib tasvirlar ishlangan (Varaxsha, panja- kent, Afrosiyob va b.), terrakota (sopol) haykalchalar topilgan. Islom dini ki- rib kelishi b-n mahobatli binolar (sa- Roy, madrasa, masjid, maqbara, karvon- saroy va b.) bezagida tasvirlar o’rnini o’yma girih va islimiy naqshlar egalla- Di. O’zbekistonda saqlangan me’moriy yodgorliklar qadimda naqsh san’ati yuk- sak darajada rivojlanganligi, ustalar handasani puxta o’rganib, g. o’. san’atini yaxshi egallaganliklarini ko’rsatadi. Termiz shohlar saroyi (12-a.) dagi g. o’. namunalari qolipaki usulida tayyorla- nib, so’ng devorga mustahkamlangan, 12— 13-a.larda Xorazmda muqarnas san’ati rivojtopgan. 14-15-a. larda mahobatli binolar bezaklarida sirkor g’isht, ko- shindan ko’p foydalanilgan bo’lsa ham, ularga ganchdan muqarnas, sharafalar ko’p ishlangan, naqshlar jozibasi hozir ham diqqatni tortadi (mas, Xo’ja Ahmad Yas- saviy maqbarasi). 17 — 19-a.larga man- sub binolar: Samarqanddagi Registon ansambli, Buxorodagi Abdulazizxon madrasasi, Xivadagi Pahlavon Maxmud maqbarasi, Toshhovli saroyi, umuman Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qo’qon, Xo- razm me’moriy yodgorliklaridagi g. o’. namunalari bu davrlarda shu joylarda g. o’.ning o’ziga xos uslublari, mustaqil MAK- tablari shakllanganligini ko’rsatadi. Buxorodagi Sitorai Mohi Xosa, Samarqanddagi Kalontarov uyi, tosh- kentdagi Polovtsev uyi (hoz. O’zbekiston amaliy san’at muzeyi binosi), Xivada- gi Nurullaboy saroyi, Qo’qondagi Xu- doyorxon o’rdasi, ko’p sonli shaxeiy uy- lar bezaklari shundan dalolat beradi. G. o’. kasbi «ustoz-shogird» usulida AV- loddan avlodga o’tgan! 20-a. 60-y.lari- dan g. o’.dan badiiy bilim yurtlarida, badiiy korxonalar qoshida, havaskorlik to’garaklarida ta’lim beriladi. Respu- blika rassomlik kollejida badiiy ganch o’ymakorligi bo’limi ochilgan (1994). O’zbekistan shahar va qishloqparida bu- nyod etilgan aksariyat jamoat binolari xalq ustalari ishtirokida bezatildi: Muqimiy teatrining hoz. binosi (1943), Navoiy teatri binosi (1947) va b. bino- lar. Navoiy teatri binosi respublikada mavjud g. o’. uslublarini hisobga olgan hodda foyelarni bir necha zalga ajra- tib, har bir zal maxsus uslubda bezatil- Di: Buxoro zali (usta Shirin Murodov), Toshkent zali (T. Arslotshulov), Samar- kand zali (usta kuli Jalilov), Xiva zali (A. Boltaev). 20-a.ning 2-yarmida bunyod qilingan binolar: O’zbekistan xalqlari tarixi muzeyi, xalqlar do’stligi saroyi, Turkiston saroyi, Te- muriylar tarixi davlat muzeyi, Oliy Majlis binosi va b. G. o’. b-n bezatildi. Xalq ustalari g. o’. sohasidagi mil- liy an’analarni davom ettirib rivojlantirmokdalar va zamona- viy mavzular b-n boyitmokdalar. Surayyo Alieva.