Gang, Ganga
Gang, Ganga — Hindiston va Bangla- deshdagi dare. Uz. 2700 km, havzasining mayd. 1120 ming km2, Brahmaputra b-n birgalikda 2055 ming km2. Himolay tog’larida 4500 m dan ham balandroq joylardan, irmoqdari Bhagirathi va Alaknandaning qo’shilishidan boshla- nadi. Irmoqlar qo’shilgach, g. Himolay tog’larining chuqur daralaridan oqadi. Hind okeanining Bengaliya qo’ltig’iga quyiladi. Quyilish erida Brahmaputra b-n qo’shilib, juda katta (100 ming km2) Delta hosil qiladi. Eng yirik irmoqlari: o’ngdan — Jamna, so’n, Damodar, chapdan — gomati, Ghaghra, Gandak, Bagmati, Ghugri, Mahananda. Yuqori qismi tog’lardan, quyi oqimi keng Hindgang tekisligidan oqib o’tadi. O’zanining kengligi 400-600 m, quyi oqimida 2 km, ko’pdan-ko’p shoxob- cha, kanal, qoldiq o’zanlar bor, ba’zan botqoqliklar uchraydi. To’yinishi tur- licha: baland tog’lardagi qor, Himolay tog’laridagi muzlik va quyi qismi mus- son yog’inidan suv oladi. May—sent. o’rtalarida to’lib oqadi. Avg.—sent. oy- larida suv sathi 10-12 m ga, ba’zan 15 m gacha ko’tariladi. G.ning o’rtacha suv sarfi 13 ming m3/sek., quyilish erida 38 ming m3/sek. G. (Brahmaputra daryosi b-n bir- galikda) sersuvligi jihatidan er shari- da Amazonka va Kongodan keyin 3-o’rinda turadi. G. okeanga yiliga o’rta hisobda 350 mln. t ga yaqin oqiziq keltiradi. Quyilish joyidan Hardvar sh.gacha (1450 km) kema qatnaydi. G.ning xo’jalikdagi ahamiyati juda katta. G. va uning irmoqlarl bo’yida Ollohobod, Banoras (Varanasi), Patna, Agra, Dehli, Kal- Kutta kabi yirik shaharlar joylashadi. G.dan ayniqsa, o’rta oqimida sug’orishda foydalaniladi. G. hindularning muqaddas daryosi.