GANGLIONEVROMA

GANGLIONEVROMA (ganglioneuroma; lot. ganglion — nerv tuguni + nevroma), ganglioma — vegeta- TIV va Markaziy nerv sistemasi turli bo’limlari gangliy hujayrasining xavf- siz o’smasi. Markaziy nerv sistemasida kam uchraydi. O’smirlarda va balog’atga etganlarda, ko’pincha xotin-qizlarda uch- raydi, sekin o’sadi. Ko’ks oraligining orqasida, qorin pardasining orqasidagi bo’shliqsa va buyrak usti bezida bo’ladi. Ba’zan kattagina bo’lib, kapsula- ga o’ralib turadi. Umurtqa pog’onasi yaqinida bo’lganda umurtqa kanalining ichiga qarab o’sib, orqa miyani ezib qo’yadi. G. boshqa a’zolarga tarqalmaydi, lekin ko’p bo’lishi mumkin. O’sma jarrohpik yo’li b-n olib tashlanadi.