Ganja shartnomasi
Ganja shartnomasi — Rossiya b-n Eron o’rtasida Ganja sh.da tuzil- gan shartnoma (1735 y. 10 mart). Turki- yaga qarshi urushga tayyorlanayotgan rus hukumati Eron b-n ittifoq tuzishi lo- zim edi. U Darband va Boku sh.larini (atrofidagi viloyatlar b-n birga) Eronga o’tkazdi. Eron hukumati shartnomaning 1-moddasiga muvofiq, Darband va Bokuni o’zga davlatlar egallashidan saqlash maj- buriyatini o’z ustiga oldi, 2-moddasiga binoan Turkiya bosib olgan erlarning hammasi qaytarib olinguncha turklarga qarshi urushni davom ettirishi lozim edi. 3-moddada har ikkala tomon turklar b-n taraflardan birining manfaatiga zid keladigan hech qanday muzokara olib bormaslik va sulh shartnomasi tuzishda ham birgalikda qatnashish majburiyati- ni oldi. G. sh. Rossiyaning Eronda erkin savdo olib borishini ta’minlagan ilga- rigi Rossiya va Eron bitimlarini ham tasdiqladi.
O‘xshash so‘zlar
- Ganja
- GANJA XONLIGI
- Ganja-Qorabog’, Ganjiy Qorabox
- Gann diodi
- Gann effekti
- GANNIBAL ABRAM (IBROHIM) PETROVICH
- Gannibal, Ann i bal Barka
- Gannover











