Gannover

Gannover — Germaniyadagi shahar, Leyn daryosi bo’yidagi port, quyi Sakso- niya erining ma’muriy markazi. Aholisi 517 mingdan ziyod kishi (1990-y.lar o’rtalari). T.y. va havo yo’llari tuguni. Xalqaro aeroport bor. Sanoat va moliya- savdo markazi. Mashinasozlik, xususan transport mashinasozligi, elektrotex- Nika, rezina, rangli metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, to’qimachilik sanoati korxo- nalari bor. G. atrofi GFR dagi yirik neft olinadigan r-n. G.da har yili xalqaro sanoat yarmarkalari o’tkaziladi. Shaxarda texnika, veterinariya, ped. Oliy o’quv yurtlari, musiqa va teatr Akademi- yasi, metropoliten, un-t, opera teatri, muzeylar va b. mavjud. Me’moriy yod- gorliklardan eski ratusha (1413-55) va Leybnis uyi (1648-52) bor. G. 12-a.dan ma’lum. 1866 y.dan 1945 y.gacha Prussiya- dagi Gannover provintsiyasining ma’mu-riy markazi bo’lgan.