Ganza
Ganza (qadimgi nemischa Hansa-ittifoq)-Lyubek shahri boshchiligida shimoliy nemis shaharlarining savdo va siyosiy ittifoqi (XIV-XVI asrlar; rasman 1669 yilgacha). Ganzaning gullab-yashnagan davri (XIV asrning 2-yarmi-XV asrning boshlari)da bu ittifoqqa 100 tacha shahar, jumladan, Revel (Tallin), Derpt (Tartu), Riga kirgan. G’arbiy, Shimoliy va Sharqiy Yevropa o’rtasidagi savdoda vositachilik qilib, Shimoliy Yevropa savdosida getemon bo’lgan. Ganza flot va ayrim shaharlrning qo’shinlaridan iborat o’zining harbiy kuchlariga ega edi. Ganza Yevropaning g’arbida va markazida to’qimachilik, kon sanoatini rivojlantirib, Sharqiy Yevropadagi bu sohalar taraqqiyotiga to’sqinlik qilgan. XVI asr o’rtalarida Ganza o’z o’rnini golland, ingliz va fransuz savdogarlariga bo’shatib bergan.