Gap

Gap — muayyan til qonuniyatiga ko’ra grammatik va intonasiyaviy shakllan- gan nutq birligi. Fikr shakllanishi va ifodalanishining asosiy vositasi. G. so’z, so’z birikmalariga qarama-qarshi qo’yiladigan sintaktik kategoriyadir. Predikativlik, modallik, xabar into- nasiyasi, marom-ohang, tugallanganlik, so’zlar tartibi g.ning muhim xususiyat- laridandir. Kommunikativlik — G.ning bosh vazifasi. G.lar quyidagi nuqtai na- zardan tasnif qilinadi: a) tarkibidagi predikativ birlikning miqdoriga ko’ra. Bunda sodda gap, qo’shma gap farqlanadi; b) kommunikativ vazifasiga ko’ra. Bunda G.lar 3 tur ga bo’linadi: darak gap, so’rok gap va undov gap; v) estetik vazifasiga ko’ra emosional (so’zlovchining turli emosiyasini, emosional munosabatlar- ni ifodalovchi) gap hamda intellectual (hech qanday emosiyalarsiz faqat FIK- rning o’zini ifodalaydigan, kommunika- TIV vazifani bajaradigan) gaplar mav- jud. Gap bo’laklari g.ni tashkil etuvchi qismlar hisoblanadi. O’zbek, umuman turkiy tillar uchun til birliklarining nutqda grammatik xususiyatlar asosida birikuvidan tashkil topgan sintaktik butunlikdan iborat g.lar xosdir.