Gaploid
Gaploid (Yun. haploos — yakka, od- diy va eidos — tur) — boshlang’ich tur somatik xromosomalari to’plamining faqat yarmigagina ega bo’lgan individ. Boshlang’ich tur asosiy xromosomalar to’plamini (p) o’zida tuliq saqlovchi g. eugaploid deyiladi. Aneugaploid (Gete- rogaploid) — xromosomalar to’plamida butun bir xromosoma yoki uning segmen- ti ortiq yoki kam bo’lgan g.dir. Diplo- ID turlardan kelib chiqqan monogaplo- idlar va poliploid turlardan kelib chiqqanpoligaploidlar farqlanadi (q. Poliploidiya). Bir necha bir xil genom- larni o’z ichiga oluvchi poligaploidlar — avtopoligaploidlar, har xil genom xro- mosomalar to’plamini o’zida saqlovchilar esa — allopoligaploidlar deyiladi. Haroratning ta’siri, yot changlar, Nurlan- tirilgan changlar va ularning turli xil- dagi aralashmasi b-n changlanish gaploi- diyaga sabab bo’ladi. G.li o’simliklarning organ va hujayralarining o’lchami Di- ploidlarnikiga qaraganda kichik bo’ladi. G.larni diploidlash b-n yuqori pushtli- likka ega bo’lgan gomozigotali liniyalar yaratiladi. G. gulli o’simliklarda keng tarqalgan.