G’ARBIY HINDISTON TIZMASI

G’ARBIY HINDISTON TIZMASI — Hind okeanidagi suv osti okean o’rtaliq tizmasi. Afrika—Altarktika va Markaziy Hindiston tizmalari oralig’ida joylashgan. Uzunligi 3600 kilometr, eni 700 kilometrgacha. Tizma ustidagi eng kam chuqurlik 251 metr. Tizmalarning nisbiy balandligi 1000— 2000 metr. Tub jinslar yuzaga chiqib yotadi. G’arbiy Hindiston tizmasi o’q qismida Rift strukturasi aniq ko’rinib turadi. Seysmik faol zona.