GARMONIK QATOR

GARMONIK QATOR — hadlari natural sonlarga teskari sonlardan tashkil topgan qator Garmonik qator uzoqlashuvchi qatordir. Garmonik qatorning bu xususiyatini 1673 yilda G. Leybnis isbotlagan. Garmonik qatorning ikkinchi hadidan boshlab har bir hadi qo’shni (oldin va keyin keladigan) ikki hadining garmonik o’rtasi bo’lganidan shunday nom bilan atalgan.