GARNIZON
GARNIZON (Fransuzcha qarnison; garner — ta’minlamoq, qurollantirmoq) — muayyan aholi punkti yoki ma’lum chegaraga ega rayonda doimiy yoki vaqtincha joylashadi harbiy qismlar, harbiy o’quv yurtlari va muassasalari majmui. Garnizondagi harbiy qismlar komandirlarining ishiga Garnizon boshlig’i rahbarlik qiladi.