GARNIZON

GARNIZON (fr. qarnison; garnir – ta‘minlamoq, qurollantirmoq) — muayyan aholi punkti yoki ma’lum chegaraga ega rayonda doimiy yoki vaqtincha joylashadigan harbiy qismlar, harbiy o’quv yurtlari va muassasalari majmui. Garnizondagi harbiy qismlar komandirlarining ishiga Garnizon boshlig’i rahbarlik qiladi.