Garnizon xizmati

Garnizon xizmati — garnizon joylashgan harbiy qism xizmatchilari uchun belgilangan maxsus xizmat. G.x. gar- nizon boshlig’i tomonidan belgilanib, tegishli harbiy xizmatchilar tomonidan amalga oshiriladi. G.x. garnizon shax- siy tarkibi orasida harbiy tartib va intizomni ta’minlash, ularning yashashi va jangovar tayyorgarligi uchun qulay sharoit tug’dirish, garnizon qo’shinlari qatnashuvi b-n bo’ladigan ishlarni (mas, qo’shinlar paradini o’tkazish, lozim bo’lgan vaqtlarda faxriy qorovullar tu- zish, halok bo’lgan harbiy xizmatchilarni dafn qilish va h.k.) bajarish, shuningdek qo’shinlarni yong’inga va tabiiy ofatlar- ga qarshi kurashga jalb qilish kabi ish- larni amalga oshiradi.