Garov huquqi

Garov huquqi (fuqarolik huquqida) — bir shaxsning majburiyat- larni ta’minlash uchun boshqa shaxsga mol-mulkka oid huquqni berishi (garov) ni tartibga soluvchi va mustahkamlovchi xuquqiy me’yorlar majmui. O’zbekistonda G.h. garov to’g’risida shartnoma tuzil- gan paytdan yoxud shartnoma notarial tasdiqlanishi shart bo’lsa — notari- al tasdiqdangan paytdan, shartnoma ro’yxatdan o’tkazilishi shart bo’lganida esa — ro’yxatdan o’tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Garovga oid huquqiy munosabatlar, jumladan: garov- ga qo’yilgan mol-mulkka bo’lgan huquqlar, boshqa shaxsga o’tganida garovning sa- klanishi, garov to’g’risidagi shartnoma bo’yicha huquqlardan bosh-qa shaxs foyda- siga voz kechish, garov b-n ta’minlangan majburiyat bo’yicha qarzni boshqa shaxsga o’tkazish, garovga oluvchining hamda ga- rovga qo’yuvchining huquqlari, majburi- yatlari va h.k. O’zbekistan Respublikasi FK, O’zbekistan Respublikasi «garov to’g’risida»gi qonunining yangi tahriri (1998 y. 1 may) asosida tartibga solina- Di.