Garsia Lorka (Garcia Lorca) Federiko

Garsia Lorka (Garcia Lorca) Federiko (1898.5.6, Fuentevakeros — 1936.19.8, Granada yaqinida) — ispan shoiri va dramaturgi. Uning ijodi is- Pan xalq og’zaki ijodi an’analarini yangicha talqin etish asosida shakllandi. «Qo’shiqlar» (1927), «lo’lilar roman- serosi» (1928) kabi asarlarida og’ir va fojiali voqea-hodisalarni boshi- dan kechirgan jabrdiyda kishilarga, oddiy mehnatkashlarga Hamdo’stlik va xayrixohlik tuyg’ulari kuchli va yorqin aks etgan. «Shoir Nyu-Yorkda» she’rlar to’plami (1935, nashri 1940), «ajoyib kavushdo’z ayol» pesasi (1930), «qonli to’y».(1933), «Ierma» (1934) tragedi- yalari va «Bernard Alba uyi» (1936) qaxramonlik dramasida oddiy kishi- larning zolimlar zulmiga qarshi na- Frati ifodalangan. Granada isyonida fashistlar tomonidan otib o’ddirilgan. Asarlari o’zbek tiliga ham tarjima qilingan («ispan jandarmlari haqida romans», «gitara», «teatr haqida so’z», «Chorraha», «chavandoz qo’shig’i» va b.) As.:Et qayg’uli shodlik. She’rlar va do- stonlar [ispanchadan Shavkat Rahmon tarjimasi], T., 1989.