GARVARD UNIVERSITETI
GARVARD UNIVERSITETI — AQSh dagi qad. un-tlardan biri. 1636 y. kollej sifatida tashkil etilgan. Boston sh. yaqinidagi Kembrij sh.da joylashgan. 1639 y.dan kollejga o’z mul- kining yarmi va kutubxonasini vasiyat qilib qoldirgan ingliz vaziri, san’at ba-Kalavri J. Garvard nomi b-n ataladi. 19-a.ning 1-choragida un-tga aylantiril- gan. Un-t ijtimoiy, tabiiy va yuridik fanlar, tibbiyot, ped., amaliy fizika, si- yosiy iqtisod, muhandislik va b. sohalar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Un- tda 20 mingga yaqin talaba ta’lim oladi. Kutubxonasi (1638 y. tashkil etilgan)da 8 mln.ga yaqin asar saqlanadi.