GARVI (GARVEY) MARKUS

GARVI (GARVEY) MARKUS (1887, Yamayka oroli — 1940. 10. 6, London) — Yamayka milliy qahramoni, amerikalik negrlarning «ortga — Afrikaga» deb ataluvchi millatchilik ruhidagi harakati (garvizm)ning g’oyaviy rahbari; negrlarning ahvolini yaxshilash bo’yicha Umumjahon assotsiatsiyasi asoschisi (1914). Yamayka mamlakatini o’zini-o’zi boshqarish huquqiga ega bo’lishi uchun kurashgan. Xalq siyosiy partiyasi (1929) va boshqa tashkilotlar tuzgan.