Gashek Yaroslav

Gashek Yaroslav (1883.30.5, Praga -1923.3.1, Lipnise) — Chex hajvchi yozuv- chisi. Uning ijodida ijtimoiy satira asosiy o’rinni egallaydi. «Qotil sud oldida» (1907), «shaxtadagi falokat» (1908) hajviy asarlarida Avstriya mo- narxiyasi tanqid qilinib, uning zulmiga qarshi Chex va b. xalqlar noroziligi ifo- dalangan. G. asarlarida Avstriya davlat mahkamalari, firqalar, axloq va mada- niyat, cherkov va ruhoniylar dunyosidagi illatlar tanqid qilinadi, milliy va ijtimoiy zulm ostida qolgan xalkning og’ir ahvoli tasvirlanadi. 1-jahon uru- shi arafasida «Shovvoz askar Shveyk va boshqa ajoyib voqealar» (1911) hikoyalar to’plami unga katta Shuhrat keltira- Di. «Shovvoz askar Shveykning jahon urushidagi sarguzashtlari» hajviy- realistik romani (1921-23, asar tu- gallanmay qolgan) urushga va milliy zulmga qarshi yozilgan. Unda xalqning og’ir turmushi yorqin obrazlarda aks ettirilgan. Bu asar ko’plab xorijiy tillarga, shuningdek «Shovvoz Shveyk- ning boshidan kechirganlari» nomi b-n o’zbek tiliga tarjima qilingan (1971). As: yovg’on sho’rva. Hikoyalar, T., 1963.