Gastroenterokolit
Gastroenterokolit (gastro… va Yun. enteron — ingichka ichak, kolon — yo’g’on ichak, itis — yallig’lanish) — me’- da-ichak (xususan, ingichka va yo’g’on ichak) ning o’tkir yallig’lanishi. Organizmning og’ir metallar, ishqorlar, spirt b-n zaharlanishi, kasallik qo’zg’atuvchi VI- rus va bakteriyalar ta’siri, ovqatlanish maromining buzilishi, ovqatdan yoki do- ridan yuzaga keladigan allergiya va b. sabab bo’ladi. Ko’pincha, bakteriyalardan zararlanish tufayli ro’y beradi. Me’da shirasi tarkibida kislota miqdorining kamayishi, organizmda vitamin etish- masligi, jismonan zo’riqish; spirtli ichimliklarga ruju qilish kabi omil- lar ham g.ga sabab bo’lishi mumkin. Ka- sallik, odatda, to’satdan boshlanadi, bemorning ko’ngli aynib, to’xtovsiz qayt qiladi, ichi ketadi, qorni og’rib, quldiraydi, ishtahasi yo’qoladi. Ba’zan organizmning zaharlanish belgilari ham qo’shiladi; bosh og’rib, gavda harorati ko’tariladi, og’irroq kechganda yurak-to- Mir faoliyati zaiflashadi, jigar va taloq kattalashadi; quvvatsizlik, xush- dan ketish hollari kuzatiladi. O’tkir G. to’la davolanmasa, surunkali tus olib, gastrit, kolit kabi asoratlar qoldirishi mumkin. Davo kasallikka sabab bo’lgan omilni bartaraf etishdan iborat, asosan parhez buyuriladi.