GASTROFILYOZ

GASTROFILYOZ — toqtuyokli hayvonlarning hazm organlarida uchray- digan surunkali invazion (yuqumli) ka- sallik. Kasallikni Castrophilidae oila- siga mansub me’da bo’kasining lichinkasi qo’zg’atadi (q. Bo’kalar). Urg’ochi bo’kalar hayvon bosh qismi juniga ko’plab (600 ta gacha) tuxum qo’yadi. 4-10 kunda tu- xumdan chiqqan lichinkalari hayvonning og’iz bo’shlig’i tomon harakatlanadi va lunj, til shilliq qavati orqali og’iz bo’shlig’iga tushib, hazm organlariga o’tadi, me’da va o’n ikki barmoqli ichak- da 9-10 oy yashaydi va bahor, yoz oyla- rida hayvon tezagi b-n tushib g’umbakka aylanadi. Hazm organlarining shilliq pardasi shikastlanib Katar, kamqonlik, oriqlash kuzatiladi. Anemiya kasalligi vujudga keladi. Toylarda esa ko’pincha to’g’ri ichak tashqariga chiqib qoladi, hazm organlari faoliyati buziladi. Oldini olish: teriga yopishgan Bo’ka tu- xumlari qashlag’ichda qirib tashlanadi. Bo’kalar uchadigan davrda. haftada bir marta insektisidlar b-n hayvonlar teri qoplamiga ishlov beriladi yoki hayvon tanasi issiq suv b-n yuviladi. Bu ish bo’kalarning uchadigan davrida har 10 kunda takrorlanadi. Davolash: okt.— no- yabr oylarida hayvonlarga 1% envest pastasi beriladi. G.lar O’zbekistonning barcha viloyatlarida tarkalgan.