GATT

GATT — 1. Savdo va tariflar bo’yicha bosh kelishuv — tashqi savdo operatsiyalarini o’tkazishda belgilangan tamoyillarga amal qilishga rozi bo’lgan mamlakatlarni birlashtiruvchi savdo va tarif masalalari bo’yicha xalqaro akt. 2. Savdo va tariflar qo’yish bo’yicha xalqaro bosh uyushma. U 1947-yili 23 ta davlat o’rtasida tuzilgan bo’lib, hozirda unga 100 ga yaqin davlat a’zo. Uning kengashi va kotibiyati Jenevada joylashgan.