Gauptman (Hauptmann) Gerxart
Gauptman (Hauptmann) Gerxart (1862.15.11, Oberzalsbrunn — 1946.6.6, Agnetendorf) — nemis yozuvchisi. Nemis adabiyotida naturalizmnk boshlovchi- lardan. Ilk ijodida ijtimoiy tanqid, biol. qonuniyatlarini mutlaqlashtirish («Kun chiqish oldidan», 1889; «Roza Bernd», 1903; «kun botish oldidan», 1932, dramalar) sezilarli daraja- da bo’lsa, keyinroq ramziy («cho’kkan qo’ng’iroq», 1896, drama-ertak), tasav- vufga moyil bo’lgan. «To’qimachilar» (1892) dramasi Sileziya to’qimachilari qo’zg’oloni haqida. «Qishki ballada» (1917), «Xaloskor Beliy» (1920), «In- dipodi» (1920) dramalari, «Buyuk ona Orol» (1924), «Yoshlik davrim sarguzasht- lari» (1937) va b. romanlar muallifi. Nobel mukofoti laureata (1912).