GAURLI
GAURLI tizmasi — Surxonda- ryo viloyatining shim.-g’arbidagi tog’ tizmasi. Boysuntog’sistemasiga kira- Di. Shim. qismida joylashgan Xo’ja Gur-gurota tog’laridan Qayroqsoy da- ryosiga qadar Jan.ga deyarli meridio- nal yo’nalishda 8-10 km ga cho’zilgan. O’rta-cha bal. 2400-3000 m, eng baland nuqtasi 3300 m. Er yuzasi parchalangan, tektonik ko’tarilishlar ta’sirida yuza- ga kelgan relef shakllari (denudasiya- tektonik) tarqalgan. O’rtacha yillik t-ra 2000 m balandlikda 10°. Yanv.ning o’rtacha t-rasi 1500 m balandlikda 2°, iyulniki 25-26°. O’rtacha yillik yog’in miqdori 800-900 mm. Asosan qo’ng’ir tog’o’rmon tuproqlari, och qo’ng’ir ba- Land tog’tuproqlari tarqalgan. Bir yil- lik (efemer), kup yillik (efemeroid) o’simliklar keng tarqalgan bo’lib, ular sermahsul tog’yaylovlari resurslarining asosi hisoblanadi. Olma, nok, olcha, do’lana, bodom, yong’oq, tol, terak, uchqat, na’matak, zirk, dorivor o’simliklardan ki-yiko’t, choyo’t, zira, rovoch, Anzur piyoz kup uchraydi. Archazorlar katta may- donni egallagan. Nodir va xushmanza- ra landshaftlar, tabiat yodgorliklari, rekreasiya (dam olish) ob’ektlari ko’p. Tuproq eroziyasi, yaylov degressiyasi keng tarqalgan.