GAZ DVIGATELI
GAZ DVIGATELI — gaz holatidagi yoqilg’i yoki yonilg’i bilan ishlaydigan ichki yonuv dvigateli. Unda yoqilg’i sifatida tabiiy gazlar yoki qattiq yoqilg’idan gaz generatorida olinadigan sun’iy gazlar hamda metallurgiyadagi chiqindi gazlar (domna, koks gazlari va boshqalar), yonilg’i sifatida suyultirilgan gazlar ishlatiladi. Gaz bosimi atmosfera bosimigacha pasaytirilib, havo bilan aralashtiriladi, dvigatel tsilindriga kiritiladi va elektr uchquni bilan o’t oldiriladi. Dizel tsiklida ishlaydigan Gaz dvigateli keng tarqalgan.