Gaz karotaji
Gaz karotaji — neft va gaz konlarini topish usuli. G. k. burg’ilashda ishlatiladigan gilli qorishma, ba’zan kernda gazeimon va engil suyuq uglevodorodlar mikdori va tarkibini muntazam aniqlab borish yo’li b-n bajariladi. Kern olib burg’ilashda g.k. kernda bajarilishi ham mumkin. G. k. sanoatda 1940 y.lar avvalidan tadbiq etila boshladi. Neft va gazli qatlamlar orqali quduq kovlanayotganda uglevodorodlar burg’ilash qorishmasiga aralashib u b-n birga er yuzasiga chiqadi. Burg’ilash qorishmasidan ajratib olingan gaz o’rganiladi. Olingan ma’lumotlar asosida diagramma tuziladi. Diagramma burg’i qudug’i kesmasini boshlanishidan oxirigacha bo’lgan oralig’idagi uglevodorodning tarkibi va miqsori o’zgarishini yaqqol ko’rsatadi. Diagramma yordamida neft yoki gazli qatlamning joylashgan chuqurligi aniqlanadi. G. k. da maxsus avtomashinalarga o’rnatilgan st-yalarda turli asboblar yordamida burg’i qudug’ining chuqurligi kovlanish tezligi, burg’ilash qorishmasining tsirkulyasiyasi, quduqda neft bor-yo’qligi va u qanday chuqurlikda joylashganligi kuzatiladi. Burg’i qudug’ining kovlanish tezligi va chuqurligini hisobga olgan holda ma’lumotlarga o’zgartishlar kiritib boriladi. Bular neft va gaz uyumlarining joylashgan chuqurligini aniq belgilashga imkon beradi. G. k. shuningdek quduq kovlash to’xtatilgandan keyin ham davom ettiriladi. Burg’ilash qorishmasining neft va gaz uyumlari bor joylardagi qismi uglevodorodlarga boyiydi. Keyin burg’ilash qorishmasining odatdagi tsirkulyasiyasi boshlanadi (burg’ilash paytidek) va g.k. bajariladi. Natijada suyuqlikning uglevodorodlarga boyigan intervali aniqlanadi. Burg’i qudug’ining chuqurligi va burg’ilash qorishma tsirkulyasiyasini hisobga oluvchi tuzatishlar kiritilib quduq kesmasi bo’yicha neft gaz uyumlarining joylashgan o’rni aniqpanadi. Ko’mirli qatlamlarning gazliligini o’rganishda G. k. kam qo’llaniladi va asosan yonuvchi massa birligida metanning miqdorini aniqlashda foydalaniladi.