Gaz konlari

Gaz konlari — er po’stining ma’lum bir qismidagi aniq tektonik strukturada joylashgan tabiiy gaz uyumlari. Tabiiy gazlar alohida gaz koni holida yoki neft b-n birga (neft-gaz konlari) uchraydi. G. k. ko’p tabaqali va bir tabaqali konlarga bo’linadi. Ko’p tabaqali g.k. kesmasida bir maydonda turli chuqurlikda ustma-ust joylashgan bir qancha gaz uyumlari bo’ladi. G. k. kesmasining turli masofalarida har xil gaz uyumlari uchraydi. G. k. fazoviy umumiylashgan gaz yig’ilish zonalarida guruhlangan va gazli yoki gaz-neftli platforma (qubbasimon do’nglik, platforma ichki cho’kmalari va b.), geosinklinal (tog’lararo vodiylar, o’rtaliq massiv-lari), o’tish (tog’etagi botig’i) tur-lariga bo’linadi. Ko’p tabaqali g. k. gaz alohida-alohida burg’i quduqlaridan yoki hamma tabaqani kesib o’tgan bitta burg’i qudug’idan chiqariladi. G. k. gazla O’zbeshstoi gaz havzalarn gaz kondensatlarining tarkibn va ba’zi xossalari tarkibida uglevodoroddan tashqari karbonat angidridi (SO2), azot (N), vodorod sulfidi (H2S), Nodir gazlardan geliy, argon ham bo’ladi. G. k. sof (yoki quruq gaz) va yog’li g. k. ga bo’linadi. Sof. G. k. gazlari metan (94-99%) va oz mikdorda etandan iborat. Moyli G. k.da metan va etandan tashqari ma’lum mikdorda propan (S3N8), Butan, izobutan (S4N|0) va pentan (S5N12) uchrashi mumkin. 20-a. oxirigacha yuzdan ortiq mamlakatda qariyb 16000 neft va gaz koni topilgan. Bulardan 400 ga yaqini suv ostida. Ular okean qirg’og’iga yaqin erlarda bir necha yuz metrdan 3,5 km gacha chuqurliqdagi yotqiziqlarda joylashgan. Kaspiy dengizida, Kaliforniya va Alyaska qirg’oklarida, Fors, Meksika (Golf-Kosta qismida) qo’ltiqlarida gaz va neft konlari paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralarining g’ovak va darz ketgan jinslarida joylashgan. Eng katta konlardan Urengoy, Zapolyarnoe, Gazli, Medveje konlari ma’lum. O’zbekistonda olinayotgan gazning bir qismi qo’shni davlatlarga eksport qilinadi. O’zbekistonda 100 dan ortiq neft va gaz konlari mezozoy va kaynozoy eralari jinslaridan topilgan. Ulardan 45 tasi gazkondensat va gaz-neftli konlar bo’lib, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg’ona, Andijon, Namangan viloyatlarida va Qoraqalpog’iston Respublikasida joylashgan. Buxoro-Xiva neft-gaz mintaqasida 17 yirik gaz koni bor (Uchqir, Dengizko’l, O’rtabuloq, Ko’kdumaloq, Zevardi va b.). Farg’ona vodiysi va Surxondaryo viloyatida gaz konlari yura, bo’r, paleogen yotqiziqlarida, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlarida yura va bo’r, Qoraqalpog’iston Respublikasida esa faqat yura yotqiziqlarida aniklangan. Gaz va neft uyumlari to’plangan yotqiziqlarning umumiy qalinligi bir necha 100 m dan 10-12 km gacha. O’zbekistonda aniklangan gazning umumiy zaxirasi 5429 mlrd. m3, razvedka qilingani esa 489 mlrd.m3. Gazli va Sho’rtan gaz konlari noyob konlardir. Hisor tog’larining Jan.-g’arbida (Odamtosh, Gumbuloq), Surxondaryoda (Gajak), Ustyurtda (Shaxpaxti) kata gaz konlari bor. OPEK (neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti) mamlakatlarida jahondagi gaz zaxirasining 40% mavjud. Shuning 28% Fors ko’rfazida. Dunyoda olinadigan gazning 10-11% OPEK mamlakatlariga to’g’ri keladi. Jahondagi gazning 1996 y.dagi hisoblangan zaxirasi 140-103 mlrd. m3, olingan gazning mikdori 2310 mlrd. m3 ga teng. 1990-y.larda dunyo miqyosida 22 ta supergigant gaz koni bo’lgan, shundan 11 tasi RF (G’arbiy Sibir)da joylashgan. Frantsiyada (lak), ja-Zoirda (Xessi-R’Mel), Alyaskada (Prudxobey), Qozog’istonda (Qorachig’anoq, Jeriboy, Uzen), Turkmaniston-da (shoTlik, Gugurtli, «yubiley») Yi-rik gaz konlari bor. O’zbekistonda 1997 y.da 51,2 mlrd. m3 gaz chiqarilgan, bi-nobarin Respublika gaz chiqarish bo’yi-cha 6-7 o’rinni egallagan.