Gaz ombori, yer osti gaz ombori
Gaz ombori, yer osti gaz ombori — gaz saqlanadigan tabiiy yoki sun’iy rezervuar. Er usti va er osti g. o.lariga bo’linadi. Er osti g.o. sanoat ahamiyatiga ega, chunki ularda katta miqsorda (bir necha mln.dan mlrd. m3 gacha) gaz saqlash mumkin. Er osti g. o. samarasi juda yuqori hamda xavfsiz. G.o.ning xalq xo’jaligida yoqilg’iga bo’lgan mavsumiy talab o’zgaruvchanligini me’yorlashtirishda muhim iqtisodiy ahamiyati bor. Ularning bir turi neft yoki gazi tugagan bo’shliqlarda, erning suvli qatlamlarida (gaz suv ichiga qamaladi) qurilishi mumkin. Bunday omborlarda tabiiy gaz gaz holatida saqlanadi. Uning boshqa turi tashlandiq shaxta, tunnel, g’orlar, konlarning qazilgan yo’llarida quriladi. Tog’jinslari bo’shliqdarida gaz aksariyat hollarda atrof haroratida va 0,8—1,0 Mn/m2 (8-10 kgk/sm2) va undan ortiq bosimda siqilgan holda saqlanadi. 60-y.lardan boshlab tabiiy gazni sanoat miqyosida er usti va er osti omborlarida atmosfera bosi-mida, past haroratda, suyuq holatda saklash qo’llaniladi. Ishlatib bo’lin-gan neft va gaz konlari o’rnida quri-ladigan G. o. arzon hamda qulay hisoblanadi. Birinchi er osti g. o. 1915 y. Kanada-da ishlatib bo’lingan kon o’rnida qurilgan. Gazni er ostida saklash AQSh da rivojlangan. Germaniya, Polsha, Frantsiya va b. mamlakatlarda ham er osti g. o.lari mavjud. Rossiyada dastlab 1958 y.da samara viloyatida Bashkatov er osti g.o. gazdan bo’shagan kon o’rnida bunyod etilgan. I. A. Charnovning nazariy ishi asosida er osti suvli qatlamlarida gaz saqlash texnologiyasi dunyoda birinchi bor ishlab chiqildi (Sankt-Peterburg, Gatchinsk T. o.; 1963). Shyolkovsk G. o. dunyodagi yirik g.o.lardan biri [3,0 mlrd. m3 gaz 11 Mn/m2 (po kgk/sm2) bosimda saklanadi]. O’zbekistonda asosan er osti g. o.lari 60-y.lar o’rtalaridan «O’ztransgaz» davlat birlashmasi tizimida kurila boshladi. 1965 y. O’zbekistan va Qozog’iston chegarasida birinchi T.o.— Pol-torask g.o. er osti suvli qatlamida quriddi (45 burg’i qudug’i bo’lib, 1995— 96 yilgi mavsumda olingan gaz hajmi 345 mln. m3 bo’ldi). 1978 y.da esa O’zbekiston va Qirg’iziston xududida 1-shim.So’x G.o. bunyod etiddi (72 burg’i qudug’i bo’lib, 1996 y.da undan olingan gaz hajmi O’zbekistondagi barcha G. o.lardan olingan gazning 14% ni tashkil qildi). 1983 y.dan Qirg’izistonda Moylisuv G.o. qurildi (5 burg’i qudug’i bor; suv qatlamida yig’ilgan gaz radiusi 7-8 km ga boradi). 1984 y.da 2-shim. So’x G.o. bunyod etilgan (45 burg’i qudug’i bor). 1988 y.ga kelib Gazli g.o. quriddi (bu g.o. hajm jihatidan ancha katta bo’lib, 205 burg’i qudug’i bor). Bu G. o.dagi bosimning nihoyat pastli-gi (1,0 kgk/sm2) jahon tajribasidagi yagona holat sanaladi. 1999 y.da Xo’jaobod G. o. (Andijon viloyati) ning 1-navbati ishga tushiriddi. Hoz. barcha g.o.larning imkoniyatlari gaz iste’molidagi mavsumiy o’zgarishlarning 70— 75% ni tartiblashga etadi. Yoqilg’iga bo’lgan mavsumiy talab o’zgaruvchanligini yanada barqarorlashtirish maqsadlarida yangi g.o. bunyod etish ustida (Mae, Toshkent viloyatida yangi g.o. qurish bo’yicha) izlanishlar olib borilmoqda. Akbarxo’ja Rahimov.