GAZ PECHI
GAZ PECHI — tabiiy gaz, koks, generator gazi, domna gazlari yoki ularning aralashmalari bilan ishlaydigan pech. Gaz pechining tuzilishi oddiy, o’tga chidamli g’ishtdan teriladi. Qattiq yoqilg’i yoki suyuq yonilg’i bilan ishlaydigan pechlarni Gaz pechiga aylantirish oson. Buning uchun ularga gaz gorelkalari o’rnatish kifoya. Gaz pechi oyna, po’lat, rangli metallarni eritishda, metallarni prokatlash va shtamplash oldidan qizdirishda, metall buyumlarga termik ishlov berishda, non yopish hamda qandolat mahsulotlarini pishirish, quritish va boshqalar uchun ishlatiladi.