GAZ RULI
GAZ RULI — samolyotlar, raketalar, kosmik kemalar va boshqalar uchish apparatlarini boshqarish uchun mo’ljallangan qurilma. Parvozning havo ruli uncha samara bermaydigan qismida (ko’tarilish va pasayishda, uchishning dastlabki uchastkalarida, havosiz bo’shliqlarda) qo’llaniladi. Tuzilishi juda oddiy (gaz oqimining tortish yo’nalishini o’zgartiradigan plastina) hamda murakkab (shakldor soploli apparat) bo’lishi mumkin.