Gaz sanoati
Gaz sanoati — er bag’ridan tabiiy gaz chiqarish, qattiq va suyuq yoqilg’ilardan sun’iy gaz olish, aholi va sanoat ta’minoti uchun quvurlardan gaz yuborish hamda gazdan kimyoviy mahsulotlar olish sanoati. Gazning asosiy turi er bagrining 200-7000 m chuqurlikdagi g’ovak jinslarida bo’ladigan yonuvchi tabiiy gazdir. Uning tarkibi metan (SN4)dan iborat. 1 m3 tabiiy gaz 8000-8500 kkal issiqlik beradi. Neft tarkibidan ajralgan gazlar ham bo’ladi, ular neft konlaridan neft b-n birga chiqadi. Bunday gazlardan 10000 kkal/m3 gacha issiqlik ajraladi. Sun’iy gazlar qattiq va suyuq yoqilg’ini termik yo’l b-n qayta ishlash hamda ko’mirni er ostida gazga aylantirish natijasida hosil qilinadi. Generator gazi, koks gazi kabilar sun’iy gazlar hisoblanadi. Generator gazining 1 m3 1000-1050 kkal issiqlik beradi. Gaz yoqilg’isi iste’molchilarga magistral gaz quvurlari, gazni ma’lum bosimda uzatadigan murakkab kompressor st-yalari va er osti gaz omborlari vositasida etkaziladi. G. s. dastlab 18-a.ning oxiri — 19-a. boshlarida Buyuk Britaniya, Frantsiya, Belgiya kabi davlatlarda toshko’mirdan olingan gazdan shaharni yoritish maqsadida foydalanish yo’lga qo’yilgandan boshlab shakllana boshladi. Keyinchalik 19-a. ning 2-yarmida kumirdan gaz oluvchi qurilma — gaz generatori yaratildi. Bundan tashqari 20-a.ning 20-y.larigacha neft gazlaridan ham foydalanib kelindi. Lekin bu davrgacha hali tabiiy gaz zaxiralari aniqlanmagan, ulardan foydalanilmas edi. Tabiiy gaz zaxiralari topilgach, uning afzalliklari (boshqa yoqilg’i turlariga nisbatan tabiiy gazni qazib olish osonligi va arzonligi, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning qulayligi, mehnat sharoitini engillatishi va b.) G. s.ning tez sur’atlar b-n taraqqiy etishiga olib keldi. Shuning uchun gaz konlarini topish va ularni ishga tushirish ishlariga katta ahamiyat berildi. Dunyodagi gazning geologik zaxirasi 150-170 trillion m3 ga etadi. Ammo uning mintaqalar bo’ylab taqsimlanishi turlicha bo’lganligi bois g. s.ning dunyo mamlakatlardagirivojihamturlichadir. O’zbekistonda tabiiy (neft b-n chiqadigan) gaz 1932 y.dan olina boshladi, lekin u vaqtda chiqarilgan tabiiy gazning miqdori juda ham oz edi (yiliga 0,7—3 mln. m3). Respublikada 50-y. lar oxirigacha gazning yaxshi o’rganilgan zaxirasi 24 mln. m3 ni tashkil etgan bo’lsa, 60-y.larga kelib qator gaz konlarining ochilishi va ishga tushirilishi b-n bu sohada tub burilish yasaldi. 1962 y.ga kelib Gazli gaz-neft koninkng ochilishi b-n O’zbekistonda ulkan magistral gaz quvurlari yaratishga asos solindi (Jarqoq— Buxoro— Samarkand— Toshkent gazoprovodi; 1960, Buxoro — Ural gazoprovodi, 1963; Buxoro—Toshkent— Bishkek— ol-maota gazoprovodi, 1965; O’rta Osiyo— Markaz gazoprovodi, 1967). 1968 y.ga kelib O’zbekistan konlaridan gaz tarqatadigan quvurlar uz. (O’rta Osiyo — Markaz gazoprovodini hisobga olma-ganda) 8500 km ga etdi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, G. s.ni rivojlantirish sohasida ham islohotlar o’tkazila boshladi. Neft va gaz sanoati hamda ular b-n bog’liq barcha korxona, tashkilot, muassasalar yagona boshqaruvga birlashtirilib, «O’zbek-neftgaz» milliy korporasiyam tashkil etildi. Mamlakatning yoqilg’i mustaqilligiga erishish va eksport salohiyatini oshirish yo’lida korporasiya tomonidan bir qancha loyiha ishlari re-jalashtirildi. Hoz. vaktda Ustyurt, Buxoro — Xiva, Jan.-g’arbiy Hisor, Farg’ona, Surxondaryo kabi neft va gazga boy hududlarda 175 ta neft va gaz konlari ochilgan. Gaz qazib olish esa 2000 y.da 1990 y.dagiga nisbatan 1,37 barobar oshdi. Sho’rtan gaz konidagi hoz. mavjud imkoniyatlardan foydalanib sutkasiga bir necha o’n t gacha suyuq gaz va yiliga bir necha ming t yuqori sifatli oltingugurt olish mumkin. G. s. tarmog’idagi magistral gazoprovodlar tizimini kengaytirish, yangi er osti gaz omborlarini yaratish, shuningdek mavjudlarini texnik jihozlash, qayta ta’mirlash ishlari jadal olib borilmokda. Mae, Gazli — Nukus, Paxtakor — Yangier — Toshkent gaz yo’llari qurilishi nihoyasiga etkazildi. Bu tarmoq Qoraqalpog’iston va Xorazmni respublikaning o’z gazi b-n ta’minlash imkoniyatini berdi (bungacha mazkur hudud Turkmanistondan gaz olgan). Hoz. mavjud gaz sanoati korxonalari yiliga 47 mlrd. m3 gazni qayta ishlash va 350-400 ming t oltingugurt ajratib olish imkoniyatiga ega. (yana q. Gaz ombori). 1999 y.da respublika g.s.da 55,6 mlrd. m3 gaz, shu jumladan 24,1 mln.m3 siqilgan gaz ishlab chiqarildi. Akbarxo’ja Rahimov.