GAZ TAQSIMLASH STANTSIYASI

GAZ TAQSIMLASH STANTSIYASI -gaz bosimini foydalanish uchun xavfsiz darajagacha pasaytirish va iste’molchilarga tarqatish uchun mo’ljallangan inshoot. Unda gaz qabul qilinadi, aralashmalardan tozalanadi, bosimi pasaytiriladi, iste’molchilarga berilayotgan gaz mikdori hisobga olinadi; gaz quvurlarining gaz bosimi to’g’rilab turiladi. G. t. s.da gazni tozalash, o’lchash, rostlash, nazorat qilish qurilmalari, avtomatik asboblardan foydalaniladi. Vazifasiga qarab, g. t. s. magistral gaz quvuri tarmog’idagi, gaz konidagi va avtomatik xillarga; nazorat-taqsimlash punktlari, gaz bosimini rostlab turish punktlari va qurilmalariga bo’linadi. Shaharlarni, aholi yashaydigan punktlarni, korxonalarni, jamoa xo’jaliklarini, xonadonlarni toza va ishlatish uchun xavfsiz bosimli gaz b-n bir me’yorda ta’minlab turishda g. t. s. ning ahamiyati katta.