G’AZALI

G’AZALI — Qozog’iston Respublikasi Qizilo’rda viloyatidagi shahar (1897 yildan). G’azali temir yo’l stantsiyasidan (Aralsk — Qizilo’rda yo’nalishi) 12 kilometr Janubda. Sirdaryoning o’ng qirg’og’idagi pristan. Aholisi 7 ming kishi (1990- yillar o’rtalari). G’isht va baliq zavodlari bor. 1853 yilda asos solingan.