GAZCHUP
GAZCHUP — 1) suvoqchilik asbobi. To’rt yoki uch qirrali qilib va yuzini silliklab yog’ochdan yasaladi. Uzunligi 70 santimetrdan 2 metrgacha bo’ladi. Gazchupning eshik, darcha, mehrob yonlarini suvaydigan vassa Gazchup, devorning burchak, pax, bozilarini chiqarib tekislaydigan pax Gazchup va devorni silliqlaydigan mola Gazchup kabi xillari bor; 2) uzunlikni o’lchashda ishlatiladigan qadimgi o’lchash quroli; uzunligi bir gazga teng. Ba’zan cho’pgaz deb ham yuritiladi.