Gazlarni tozalash

Gazlarni tozalash — sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan gazlarni ortiqcha (qattiq, suyuq va gaz holidagi) aralashmalardan xoli qilish jarayoni. I. ch. jarayonlarida hosil bo’ladigan gazlar tarkibida har xil qo’shimcha moddalar bo’lishi tabiiy. G. t. natijasida qimmatbaho mahsulotlar ushlab qolinadi, keyingi qayta ishlash jarayoniga yomon ta’sir qiladigan yoki apparatlarni emiradigan zararli moddalar ajratiladi, tashqi havoga chiqadigan iflosliklar kamaytiriladi. G. t.da gazlardagi qo’shimcha moddalarni suyuqliklarga yuttirish (adsorbtsiya); elektrostatik kuchlar ta’sirida yoki og’irlik kuchi ta’sirida cho’ktirish; suv b-n tozalash; filtrlash usullaridan biri; absorber, adsorber va b. apparatlar ishlatiladi.