Gazli indikator

Gazli indikator (gaz va lot. indico — ko’rsataman, aniqdayman) — axborotlarni ko’rinadigan holga keltirib beradigan gaz to’ldirilgan nazorat asbobi. Unda asosan biqsima razryadnit katod sohasi nurlanishidan foydalani — ladi. U katta (yuzlarcha va minglarcha nit) yorqinlik hosil qiladi. G. i.ning signalli, belgili, chiziqli, matrisali xillari bor. Signalli G. i. — neon indicator lampalari va kichik sath kuchlanish indikatorlari; bularda axborot nuqtalar yoki kichik yorug’sohalar tarzida ko’rinadi. Belgili G. i.da axborot yorug’elektrodlar hosil qiladigan belgilar tarzida ko’rinadi. Chiziqli G. i. — analog va diskret indikatorlar; bularda axborot yorug’ ustuncha yoki nuqta tarzida ko’rinadi. Matrisali G. i.da axborot yassi ekranda nurlanib turadigan nuqtalar majmui tarzida ko’rinadi. G. i. texnika va turmushda, i. t. ishlarida, avariya vaziyatlarining oddini olishda keng qo’llaniladi (yana q. Indikator).