Gazotron

Gazotron — anod va katod elektrodlaridan iborat bo’lgan eng oddiy ion asbob. Ichiga argon yoki simob bug’lari to’ddirilgan shisha ballon. Agar G. elektrodlariga etarli qiymatdagi anod kuchlanishi berilsa, termoion emissiya natijasida katod sirtidan elektronlar ajralib, elektr maydon ta’sirida musbat zaryadlangan anod tomon harakatlanadi. Bunda elektronlar gaz atomlari b-n to’qnashib, ularni elektron va musbat ionlarga ajratadi. Natijada ionlashgan gazning turli rangdagi plazma holati yuzaga kelib, uning elektr o’tkazuvchanligi keskin ko’tariladi va elektr razryadi (tok o’tishi) sodir bo’ladi. Shu sababli, ishlash tamoyili elektr razryadi hodisasiga asoslangan G. lar elektron asboblarga nisbatan katta tok, yuqori f.i.k.ga va katta kuchaytirish koeffisientiga ega bo’ladi. G.dan asosan o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantiradigan to’g’rilagich sifatida foydalaniladi.