G’AZZA

G’AZZA, G’azo — O’rta dengizning Sharqiy sohilidagi qadimgi shahar. O’rta asrlarda Arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Keyinroq misrliklar qo’l ostiga o’tgan. 16-asr boshidan 1917 yilgacha Usmonli turklar imperiyasi, 1920-47 yillarda inglizlarning Falastin mandati tarkibida. BMTning 1947 yil 29 noyabrdagi qaroriga muvofiq G’azza va uning atrofidagi hududlar Arab davlati tarkibiga kiritildi. 1948-49 yillardagi Arab-Isroil urushidan so’ng G’azza sektori (maydoni 258 kilometr kvadrat) Misr boshqaruvi ostiga o’tdi. 1967 yil iyunda Isroil qo’shinlari tomonidan bosib olindi. 1994 yildan Falastin muxtoriyati tarkibida.