GDANSK QO’LTIG’I
GDANSK QO’LTIG’I, Gdansk buxtasi — Boltiq dengizidagi muzlamaydigan sayoz qo’ltiq. Quruqlikka 74 kilometr kirib borgan, kiraverish qismining kengligi 107 kilometr, chuqurligi 115 metrgacha, suvining sho’rligi 8%o. Qirg’oqlari qumli. Gdansk qo’ltig’iga Visla daryosi quyiladi. Sohilida Baltiysk (RF) va Gdansk hamda Gdinya (Polsha) port shaharlari joylashgan.