Gefest

Gefest — yunon mifologiyasida olov hamda temirchilik xudosi. Kasb- hunar homiysi sifatida e’zozlangan. Zevs b-n Geraning (yoki faqat Geraning) o’g’li. Ikkala oyog’i cho’loq, badbashara bo’lgan holda soqibjamol Afroditaga uylangan. G. — qo’li gul usta; er osti- dagi bahaybat temirchilik ustaxonasida Zevs uchun chaqmoq va momaqaldiroqlar tayyorlab beradi, deb tasavvur qilingan. G. to’g’risidagi miflar Yunonistonda badiiy hunarmandchilik yuksak daraja- da rivojlanganligini ifoda etar edi. Odatda, G. hunarmand kiyimida, qo’lida bolg’a yoki ombur ushlagan holda tasvir- langan. Rim mifologiyasidagi vulkani mos keladi.