Geliofizika

Geliofizika (gelio… va Fi- zika), quyosh fizikasi — astrofizika bo’limlaridan biri. Quyosh fizikasi mu- ammolarini o’rganish b-n shug’ullanadi. Fotometrik, spektrofotometrik va radioastronomik usullarni qo’llash yo’li b-n Quyosh atmosferasining t-rasi, zichligini, modda harakati va mag- nit maydonlarning taqsimlanishi va o’zgarishini o’rganadi, turli xil tek- shirish natijalariga asoslanib, Quyosh atmosferasi va ichki tuzilish modella- rini ishlab chiqadi. G. Quyosh atmosfera- sida kuzatiladigan har xil tuzilmalar (dog’lar, mash’allar, protuberantslar, toj tuzilmalari)ning fizik tabiati va rivojlanishini, ularda ro’y beradi- gan tez o’zgaruvchi jarayonlar tabiatini tekshiradi, Quyosh yuzida kuzatiladigan jarayonlarni (mas, 5 ™ li tebranish) o’lchashga asoslanib, Kuyoshning ichki tuzi- lishini o’rganadi (gelio-seysmologiya), modelni tekshiradi va to’g’rilaydi. G.ga doir kuzatuv va i. t. ishlari rasadxona- larda olib boriladi, unga kosmonavtika ham «ko’maklashadi». Mac, 1973 y. «Skay- leb» kosmik st-yasiga (AQSh) o’rnatilgan rentgen teleskop yordamida Quyoshning rentgen nurlanishi o’rganildi, kosmik apparatlar Quyoshning ultrabinafsha nurlari tabiatini o’rganishga yordam be- radi. O’zbekistonda G.ga doir i. t. ishla- ri O’zbekiston FA Astronomiya in-tida, O’zMU Astronomiya kafedrasida, tosh Dpuda olib boriladi (yana q. Huyosh). Ad.: Nuritdinov S. N ., Somon yo’li Fi- zikasi, T., 1989.