GELIOPAYVANDLASH

GELIOPAYVANDLASH (gelio… va payvandlash) — ko’zgular yoki linzalar to’plami yordamida payvandlash zonasi- ga jamlab (fokuslab) tushirilgan quyosh nurlari ta’sirida qizdirish va eritish yo’li b-n metallarni biriktirish usu- li. Bunda payvandlanishi kerak bo’lgan buyum quyosh nuri tushadigan darchali ka- Mera ichiga joylashtiriladi. Jamlangan nurlar dastasi shu darcha orqali o’tib, payvandlanishi zarur bo’lgan joyni qizdiradi. G. usulida qiyin eriydigan metallarni payvandlash mumkin. Bu usul quyosh radiasiyasi etarli bo’lgan joylar- da qo’llaniladi (q. Geliokurilma).