Gelmintozoonozlar
Gelmintozoonozlar — ta- biiy sharoitda qo’zg’atuvchisi odam- larda va hayvonlarda parazitlik qilib yashovchi gelmintoz kasalli- klar guruhi. G. atamasi J929 y.da rus olimlari K. I. Skryabin va R. S. Shul- tsar tomonidan fanga kiritilgan. G. ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga tarixiy taraqqiyot (filogenez) jarayonida faqat hayvonlar organizmi- ga moslashgan g. qo’zg’atuvchilari kiradi. Odam bu qo’zg’atuvchilar uchun fakultativ xo’jayin bo’lishi mumkin. Bu guruxga fassiolyoz, dikroselioz, tsenuroz, tsisti- tserkoz, dipilidioz, trixinellyoz va b. ka- salliklar misol bo’ladi. Birinchi guruh gelmintozlarga odam tanasiga joyla- shib, uning organizmini ma’lum patolo- gik o’zgarishlarga olib kelib, ammo o’zi jinsiy voyaga etmaydigan gelmintlarni xam kiritish mumkin. Mas, itlarning untsinarioz kasalligi qo’zg’atuvchisining lichinkasi, sut emizuvchi va kushlarning shistosomatit lichinkalari odam terisi orqali o’tib, dermatitni paydo qiladi. Ikkinchi guruhga qo’zg’atuvchisining bio- logik rivojlanishida odam ishtiro- ki shart bo’lgan g. kiradi. Mas: tenii- doz, teniarinxoz kabilar. Teniarinxoz O’zbekistonda Xorazm, Buxoro, Samar- kand viloyatlari, Qoraqalpog’iston Re- spublikasi aholisi o’rtasida uchray- Di (piyoz va garmdori qo’shilgan xom qiyma go’shti — «ijjan» iste’mol kilinishi uning asosiy sababidir). G. b-n zararlanishda epizootologik va epidemiologik jarayonlarning bir necha holatlari farq qilinadi: a) odam va hayvonlar gelmintlar uchun asosiy xo’jayin hisoblanadi (mas, opistor- xoz, shistosomoz, fassiolyoz, difillo — botrioz, dipilidioz). Bunday holatda odam va hayvonlar bir-biriga kasallik- ni yuqtirmaydi; ular invaziya manbai bo’lib, boshqa biror oraliq yoki qo’shimcha xo’jayin hisoblanadi; b) odam asosiy xo’jayin, hayvonlar — oraliq xo’jayin bo’ladi (mas, teniarinxoz va teniozlar- da qoramollar va cho’chqalardan kasalli- klar odamlarga yuqadi; v) ba’zi bir tur hayvonlar asosiy xo’jayin bo’lib, odam oraliq xo’jayin vazifasini o’taydi (mas, exinokokkoz); g) odam va hayvonlar bit- ta tur gelmint uchun bir vaqtning o’zida ham asosiy xo’jayin, ham oraliq xo’jayin bo’lishi mumkin (mas, trixinellyoz). Go’sht mahsulotlarini veterinariya-sani- tariya nazoratidan o’tkazish, aholining umumiy va sanitariya madaniyati dara- jasini oshirish, yaylovlar va hayvonlar suv ichadigan joylarning kasallik qo’zg’atuvchisining tuxum va lichinkalari b-n ifloslanishiga yo’l qo’ymaslik, ta- biiy-geografik sharoit va b.ni yaxshilash G.ga qarshi kurash va ularni yo’qotishda katta ahamiyatga ega. Jaloliddin Azi- mov, Erkinjon Shakarboev.