Gelonii (Jiloniy) Muhiddin Abduqodir ibn Abiy Solih Jangiydo’st

Gelonii (Jiloniy) Muhiddin Abduqodir ibn Abiy Solih Jangiydo’st (1077, Gelon viloyati, Eron— 1166) — fors ilohiyotchisi, mutasavvif. 18 yoshida Bag’dodga keladi va juda ko’p olimlardan saboqoladi. Uningxanbaliya mazhabiga oid va’zlari Shuhrat qozonadi. Keyin- chalik g. Qur’on tafsirchisi va muf- tiy sifatida faoliyat ko’rsatadi. U hadis va fiqh ilmlaridan dare be- radi. G. hanbaliya mazhabida qat’iy turgan, Muhammad (sav) sunnatlariga so’zsiz rioya etgan. Va’zlarida Musul- monlar uchun zarur bo’lgan o’nta axloqiy qoidani bayon etgan. G. o’zining tarikat uslubini vujudga keltirmagan, biror tariqatga boshchilik kilmagan bo’lsa ham uni Qodiriya sufiylik tariqatining asoschisi deb hisoblaydilar. Ammo, haqiqatda esa, bu tariqat uning avlod- lari yoki muridlari tomonidan faqat 13-a.ning o’rtalarida, ba’zi mutaxassis- larning fikricha, hatto 15-a.da vujudga kelgan. Xalq ommasi uni mo»jiza kur- satishga qodir bo’lgan aziz-avliyo va be- choralarning homiysi deb, ulug’lar edi. Unga G’avsul A’zam («ulug’himoyachi») va piri dastgir («madadkor pir») laqablarini berishgan. G. maqbarasi Bag’dodda bo’lib, islomdagi mashhur muqaddas joylardan biri hisoblanadi. G.ning «Al-G’unya li Talib tariq l-haqq» («Haq yo’lidan boruvchi toliblar yo’lini tug’rilash») asari saqlanib qolgan. Bu asarda hanbaliya mazhabi nuqgai nazari- dan islomdagi 73 firqaga bulingan mu- sulmon jamoasining ijtimoiy, axloqiy burch va vazifalari bayon qilingan.