Gelvesiy (Helvetius) Klod Adrian
Gelvesiy (Helvetius) Klod Adrian (1715.31.1-Parij-1771.25.1) — Fran- suz faylasufi, psixologi. G. fikricha, olam moddiy, vaqt va fazoda cheksiz, do- imiy harakatda; tafakkur va sezgi ma- teriyaning xossasidir. Insonning ongi va ehtirosini ijtimoiy rivojlanish- ning asosiy harakatlantiruvchi kuchi deb hisobladi. G. bilish nazariyasida AgNO- stisizmta qarshi, materialistik sensua- lizm tarafdori. U xotiranm bilishning ikkinchi quroli, tafakkur sezgilarimiz yig’indisi, deb ta’kidladi. G. Xudoning mavjudligi, olamning yaratilganligi, jonning abadiyligi g’oyalarini tanqid qildi. G. ijtimoiy muhit deganda si- yosiy hayotni, qonunchilikni tushungan. Ijtimoiy hayot yuridik qonunlarga bog’liq deb, tenglikni kishilarning qonun oldidagi tengligi ma’nosida talqin etgan. U umumiy tenglikni in- kor etgan. G. kishilarning intellectual va axloqiy qiyofasini shakllantirish- da muhitning hal qiluvchi ahamiyatini ko’rsatgan. U etikada diniy va spiri- tualistik qarashlarni tanqid qilib, axloqiy tasavvurlarning tajribaviy kelib chiqishi, ularning individ man- faatlari b-n shartlanganligini isbot- ladi. G. 18-a. oxiridagi frantsuz burjua inqilobini g’oyaviy tayyorlashda muhim o’rin tutdi. Asarlari: «aql to’g’risida» (1758), «inson to’g’risida, uning aqliy qobiliyatlari hamda tarbiyasi haqida» (1772, vafotidan keyin).