Gelzenkirxen

Gelzenkirxen — Germaniyada- gi shahar, shim. Reyn-Vestfaliya erida. Aholisi 294 mingdan ziyod kishi (1990- y.lar o’rtasi). Emsher daryosi va Reyn- Xerne kanali bo’yidagi yirik port. T. y. va avtomobil yo’llari tuguni. Rur havzasining eng yirik sanoat markaz- laridan biri. G.da toshko’mir qazib chiqarish, kokskimyo, metallurgiya sanoa- ti etakchi o’rinda. Mashinasozlik, kimyo, elektrotexnika, oynasozlik, neftdan mahsulotlar olish, to’qimachilik korxo- nalari ham bor. G.da Germaniya konchilik sanoatining boshqarmasi joylashgan. Gigiena in-ti bor. Shahar Rur toshko’mir havzasining rivojlanishi munosabati b-n 19-a.ning 2-yarmida vujudga kelgan. Birinchi shaxta 1858 y.da qurilgan.