Gematologiya va qon quyish instituti

Gematologiya va qon quyish instituti, O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi Gematologiya va qon quyish ilmiy tadqiqot instituti —i.t. muassasasi. O’rta Osiyo davlat un-ti tib- biyot f-ti jarrohlik klinikasidagi qon quyish xonasi (1930) 1934 y. da Marka- ziy qon quyish st-yasiga aylantiril- Di. 1940 i. shu st-ya asosida qon quyish in-ti tashkil etildi. 1959 y.dan hoz. nom b-n ataladi. In-tda kamqonliklar, leykozlar, gemoblastozlar, gemorragik diatezlar (gemofiliya, trombositope- niya)ning oldini olish va davolash, qon quyilgandan keyingi gepatit va shok holatlarini o’rganish; ayollar va bolalar kamqonligini gemoglobinli tahlillash, ko’mik, qon va uning komponentlari- ni konservalash hamda transplantasiya qilish, shuningdek donorlikning ayrim masalalari va h. k. ga oid tadqiqotlar olib boriladi. In-tda 295 o’rinli 8 kli- nik bo’lim (kattalar va bolalar gematolo- giyasi, jarrohlik, kunduzgi bo’lim va b.), konsultativ poliklinika, 25 davolash- diagnostika lab. va bo’limlar, qon quyish st-yasi, vivariy, kutubxona bor. In-t lab. da bir necha turdagi qon komponentlari va preparatlari tayyorlanadi. In-tda 5 fan dri va 15 dan ziyod fan nomzodlari, 30 ga yaqin malakali gematolog va trans- fuziologlar xizmat qiladi (2001). In-t O’zRda gematologiya va qrn quyish muam- molari bo’yicha ilmiy va uslubiy markaz hisoblanadi. In-t viloyat, shahar, tuman qon quyish st-yalari va qizil yarim oy jamiyati b-n birga donorlikni rivoj- lantirish masalalari b-n shug’ullanadi. Ilmiy ishlar nashr etadi.