GEMIZIGOTALIK

GEMIZIGOTALIK(gelsh… va zigota) — organizmdagi bir yoki bir necha genlar o’z allel juftlariga ega bo’lmagan holat. Geterogamet organizm- lar jinsiy xromosomalaridagi genlar shunday holatga ega. Gemizigota holatida resessiv genlar gaploid hamda diploid organizmlarda namoyon bo’lishi mumkin. Shuningdek, G. xromosomalarning qayta joylanishi (translokasiya, delesiya, noto’g’ri krossingover va b.) natijasi- da ham paydo bo’ladi. G.dan o’simliklar selektsiyasida monosom xromosoma- li organizmlar (monosomiklar) olish orqali xromosomalarning tarkibini aniqlashda foydalaniladi.