Gemofiliya
Gemofiliya (gemo… va Yun. philia — moyillik), to’xtamasdan qon oqishi — qon oqishiga moyillik b-n ifodalana- digan irsiy kasallik. Qon plazmasida qonning ivishi uchun zarur bo’lgan omil- lar etishmasligi sabab bo’ladi. G. asosan erkaklarda uchrasa ham onadan o’tadi, ya’ni buvadan nabiraga sog’lom qizi orqali o’tadi. G. belgilari yoshlikdanoq paydo bo’lib, bola ulg’aygan sari kamay- ib boradi. Bemor lat eganida terisi ostiga, muskuli orasiga va bo’g’imiga ko’p qon quyiladi; tilini tishlab olganida, tishini oldirganida va b. hollarda ham juda ko’p qon oqib, hayoti xavf ostida qoladi. Yirik bo’g’imlar (tizza, boldir- panja bo’g’imi)ga qon quyilib, ularda kuchli o’zgarishlar sodir bo’ladi. Qon ivishining buzilishi g.ni boshqa xil qon oqishlardan ajratib turadigan aso- siy belgidir: bemorning venasidan qon olib probirkaga solib qo’yilsa, soatlab ivimaydi. Bunga bemor qonida oqsil modda, ya’ni antigemofil globulin etishmasligi sabab bo’ladi. G.ning A, V yoki Kristmas kasalligi va S (haqiqiy G. deb hisoblanmaydi) xillari bor. Be- mor o’zini har xil shikastlardan ehtiyot qilishi kerak. Davosi: yangi olingan qon yoki plazma quyiladi; bemorga to’g’ridan- to’g’ri donordan qon quyish, sog’lom odam plazmasidan tayyorlangan kontsentrat- larni qo’llash yaxshi naf beradi. Zarur hollarda jarrohlik usuli qo’llaniladi.