Gemorfologiya
Gemorfologiya (yunoncha ge — yer, morfe — shakl, logos — fan) — Yer sharining relyef shakllari haqidagi fan. Geomorfologiya relyef shakllarining paydo bo`lishi, rivojlanishi, hududiy taqsimlanishi va rivojlanish qonuniyatlarini o`rganadi. Geomorfologiya geografiya fanlari sistemasiga kiradi, chunki unda relyef shakllari geografiya kompleksining tarkibiy qismi — komponenti sifatida o`rganiladi. Geomorfologiyaning rivojlanishiga A.A.Borzov, V.A.Obruchev, K.K.Markov va I.S.Shchukin juda katta hissa qo`shgan. Akademik I.P.Gerasimovning morfostruktura va morfoskulptura haqidagi nazariyasi geomorfologiyaning hozirgi taraqqiyotida katta rol o`ynamoqda.