Gemotoraks

Gemotoraks (gemo… va Yun. thorax— ko’krak qafasi) — plevra bo’shlig’iga qon yig’ilishi; asosan, ko’krak qafasi jarohatlanganda, lavsha, gemor- rogik diatezda, o’pka sili yoki o’sma (rak, sarkoma) kuzatiladi. Plevra bo’shlig’ida 200 ml dan ko’p qon yig’ilganda g. uchun xos belgilar paydo bo’ladi. G. tashhisi rentgenologik tekshirish va plevra punktsiyasi asosida qo’yiladi. Yig’ilgan qon xajmiga ko’ra, g. kichik (qon plevra sinusida yig’iladi), o’rta (qon ko’krak o’rtasigacha chiqadi) va katta (subtotal, Total) bo’ladi. Uncha katta bo’lmagan g. ko’krak og’rig’i, yo’tal b-n kechadi, u zo’raya borgan sari, nafas qisishi, hansirash, tsianoz (ko’karib ketish). yurak faoliya- tining izdan chiqishi kuzatiladi. Do- ri-darmonlar b-n davolash naf bermasa, jarroxlik usuli qo’llaniladi.